Янгиликлар
25
CHAMBILDA FUQAROLARGA SAYYOR XIZMATLAR KO'RSATILDI
Joriy yilning 24-yanvar kuni Chiroqchi tumanining tog'li hududi Chambil mahalla fuqarolar yig'inida Chiroqchi tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi, tuman FHDY bo'limi va Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari bilan hamkorlikda sayyor xizmatlar tashkil etildi.
Sayyor xizmatlar davomida 12 nafar fuqarolar sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish , 14 nafar fuqarolarning farzandlarini davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish , 9 nafar fuqaroga ERI kalitlari berish kabi davlat xizmatlari ko'rsatildi. Shu kuni 15 dan ortiq fuqarolarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.