Янгиликлар
23
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 4000 ga yaqin qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
2022 - yil davomida Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 55 nafar tashkilotlar tekshirilib, 4 mingga yaqin qonunbuzulish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan vakolatli tashkilotlarga
100 ta taqdimnoma kiritilgan bo‘lib, 86 ta huquqbuzarlarga nisbatan xayfsan, 2 ta mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bo‘lim tomonidan qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida vakolatli tashkilotlarga 145 ta ogohnoma kiritilgan.
Bundan tashqari qonunbuzilishi holatlariga yo‘l yo‘ygan vakolatli tashkilotlarning mas’ul va mansabdor shaxslariga nisbatan 105 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.