Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Biz hisobot topshirdik sizchi


Joriy yilning 20 yanvar kuni Qarshi shahar hokimligi majlislar zalida    Nodavlat notijorat tashkilotlari o'rtasida "Biz hisobotni topshirdik, sizchi?" xeshtegi ostida seminar o'tkazildi.

Seminarda e-ngo.uz elektron tizimi orqali  Nodavlat notijorat tashkilotlariga hisobotlarni topshirish tartiblari tushuntirildi.

Shuningdek, elektron tizim orqali  rejalashtirilgan tadbirlar to'g'risida,   rahbar organning yangi tarkibi saylanganda yoki o'zgarganda, Nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining tashkilot faoliyati bilan bog'liq xorijga chiqishi to'g'risida xabardor qilish tartiblari tushuntirildi.

30 dan ortiq nodavlat tashkilotlar ishtirok etgan seminar qizg'in savol-javoblar tarzida o'tkazilib, kelib tushgan savollarga belgilangan tartibga javoblar berildi.