Янгиликлар
20
Sayyor xizmatlar xalq xizmatida
Qarshi shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi hamda Qarshi shahar FHDY bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda Otchopar mahalla fuqarolare yig'inida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida Davlat xizmatlaridan online foydalanish hamda Mobile-ID tizimining afzalliklari to'g'risida tushuncha berildi. Shuningdek fuqarolarga yangi joriy etigan farmon va qarorlar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Shu kuni fuqaro Isroil Boboqulovning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi FHDY bo'limi tomonidan sayyor tartibda o'z egalariga topshirildi.