Янгиликлар
18
Murojaatlarni joyiga chiqqan holda o'rganish eng to'g'ri yo'l.
G’uzor tuman adliya bo’limi tomonidan xudud profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda tumanning “Yonqishloq” mahallasida sayyor qabul o’tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-269-sonli Farmoni va “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-447-son qarori hamda “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasi to'g'risida”gi nizomning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berildi.