Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

2022-YIL DAVOMIDA MAHALLALARDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH YUZASIDAN OLIB BORILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI


 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-may kuni “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori qabul qilingan edi.


Shunga ko'ra, viloyat adliya va ichki ishlar boshqarmalari va ularning tizimidagi bo'limlar tomonidan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish dasturi bo'yicha 2022-yil davomida bir qancha ishlar amalga oshirilgan edi.


Amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish maqsadida joriy yilning 11-yanvar kuni viloyat adliya boshqarmasi binosida adliya va ichki ishlar xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.


Tanqidiy ruhda o'tgan mazkur yig'ilishda yo'l qo'yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati