Янгиликлар
10
HISOBCHILARNING 276 MILLION SO'MDAN ORTIQ USTAMA PULLARI TO'LAB BERILDI
Nishon tuman xalq ta'limi bo'limining 13 nafar hisobchilalari tuman xalq ta'limi bo'limi tomonidan 2021-yil uchun hisoblangan ustama pullari to'lab berilmaganligidan norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.
Nishon tuman adliya bo'limi tomonidan o'tkazilgan o'rganish jarayonida, tuman xalq ta'limi bo'limi tomonidan hisobchilarning 2021-yil uchun hisoblangan qo'shimcha ustama haqlari to'lab berilmaganligi holati aniqlandi.
Adliya aralashgach: mazkur holat bo'yicha tuman adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 29-noyabr kuni tuman xalq ta'limi bo'limi boshlig'i nomiga taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomaga ko'ra, tuman xalq ta'limi bo'limi tomonidan 13 nafar hisobchilarning 2021-yil uchun hisoblangan 276 218 008 so'm miqdordagi ustama pullari 2022-yil 26-dekabr kuni to'lab berildi.