Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Bilasizmi


Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

   Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

Xizmatdan foydalanuvchilar: 

Jismoniy shaxslar

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi) 

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.