Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reestri shakllantiriladi


“Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–447-son, 21.12.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo'linmalari mas'uliyatini oshirish maqsadida respublika va mahalliy darajadagi bo'g'inlarning funksional chegaralari belgilandi.

2023-yil 1-yanvardan:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ularning o'rinbosarlari bir vaqtning o'zida xo'jalik boshqaruvi organlarining rahbari vazifasini bajarishi taqiqlanadi;

uyushma va boshqa xo'jalik birlashmalariga davlat hokimiyati vakolatlarini berish va ularning rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan lavozimga tayinlash amaliyoti bekor qilinadi.

Barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan o'tkazilib, 500 ga yaqin takrorlanadigan, o'z ahamiyatini yo'qotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan ta'minlanmagan funksiyalar aniqlanganligini inobatga olgan holda respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reestri shakllantirilib, doimiy yuritish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Funksiyalar yagona reestrini elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi yuritiladi.

Qarorga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e'lon qilish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi