Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-dekabrda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-808-son Qonuni qabul qilingan.


Ushbu Qonunga koʻra, koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun

agar koʻchmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan boʻlsa

— BHMning 1 baravari

agar koʻchmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan boʻlsa

— BHMning 50 foizi

Izoh. Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning er�ga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga koʻchmas mol-mulkni oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

  mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga oʻzgartishlar kiritganlik uchun

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga

— BHMning 10 foizi

jismoniy shaxslar uchun

— BHMning 25 foizi

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa

— BHMning 50 foizi

Izoh. Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan “p” kichik bandda belgilangan hollar mustasno

— BHMning 25 foizi

garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun

jismoniy shaxslar uchun:

— BHMning 1 baravari

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa

— BHMning 2 baravari

Izoh. Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.