Янгиликлар
21
OLIS HUDUDLARDA MOBIL SAYYOR XIZMATLAR
Aholining ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish, shunday qilib, ularni bugungi kundan rozi bo'lib yashashlarini taʼminlash davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shulardan biri chekka hududlar aholisiga ko'rsatilayotgan mobil (sayyor) davlat xizmati hisoblanadi. Bunda aholi shahar yoki tuman markaziga borib yurmasdan, o'zlari istiqomat qiladigan hududda kundalik hayotiy ehtiyojini qondirish imkoniga ega bo'lmoqdalar.
Nishon tumani Davlat xizmatlari markazi hamda tuman FHDY bo’limi bilan hamkorlikda tuman markazidan 46 km uzoqlikda joylashgan Yangiobod mahalla fuqarolar yig'ini hududida aholi uchun mobil sayyor xizmatlar tashkil etildi.
Sayyor qabulda jami 15 nafar fuqarolar Mobil.Id dan ro’yxatdan o’tkazildi 30 nafar fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi bundan tashqari Nishon tumani FHDY bo’limi tomonidan 13 yoshli Gulurux Amirovaga tug’ilganlik guvohnoma sayyor tartibda topshirildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi
axborot xizmati