Янгиликлар
20
Otalikning sud tartibida belgilanishi
Oʻzaro nikohda boʻlmagan ota-onadan bola tugʻilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi boʻlmasa, hollarda otalik sud tartibida belgilanishi mumkin.
Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramogʻida boʻlsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek bola voyaga yetganidan keyin uning oʻzi bergan arizaga muvofiq amalga oshiriladi.
Otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tugʻilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy roʻzgʻor yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud ta’minlab turganliklarini yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e’tiborga oladi.
Bolaning onasi bilan nikohda boʻlmagan, lekin oʻzini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin.