Янгиликлар
19
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-dekabrda “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-803-son Qonuni qabul qilingan.
Ushbu Qonunning maqsadi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi koʻchmas mulkning quyidagi turlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi:
yer uchastkalariga;
binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
koʻp yillik dov-daraxtlarga;
mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.
Ushbu Qonunning amal qilishi yer osti boyliklariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonunning 10-moddasiga koʻra, Koʻchmas mulkka boʻlgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:
mulk huquqi;
doimiy egalik qilish huquqi;
doimiy foydalanish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
ijara huquqi;
ikkilamchi ijara huquqi;
xoʻjalik yuritish huquqi;
operativ boshqarish huquqi;
koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
bepul foydalanish huquqi;
renta;
ipoteka;
servitut;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qoʻyilgan (belgilangan) cheklovlar.