Янгиликлар
16
XO'JAQUDUQDA MOBIL XIZMATLAR
Joriy yilning 16 dekabr kuni Koson tuman adliya bo'limi,tuman davlat xizmatlari markazi hamda tuman FHDY bo'limi bilan hamkorlikda Koson tumanidan 60-70 km uzoqlikda joylashgan "Xo'jaquduq" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul tashkil qilindi.
Sayyor qabullar jarayonida fuqarolarga Mobil ID dan ro'yxatdan o'tishning afzalliklari tushuntirildi hamda 35 ta fuqaro ro'yxatdan o'tkazildi.Shuningdek 20 dan ortiq fuqarolarga boshqa davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Xo'jaquduq qishlog'i tumandan ancha olisda joylashganligi uchun aholi har doim ham davlat idoralariga bora olmaydi. Shu kuni tuman FHDY bo'limi tomonidan 3 nafar oilaning nikohi qayd etilgan bo'lsa, 2 nafar fuqaroning farzandlariga tug'ilganlik guvohnomasi sayyor tartibda topshirildi.
Fuqarolarni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo'limi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar haqida gapirib o'tildi. Fuqarolar tomonidan berilgan savollarga huquqiy javoblar berildi.