Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

KORRUPSIYA-TARAQQIYOT KUSHANDASI


Mamlakatimizda davlatning konstitusiyaviy asoslarini yemiruvchi, fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi bu mudhish jinoyatga qarshi kurashish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olish borasida tizimli ravishda tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi.

2019 yilning 27 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qabul qilinib, unga ko’ra, iqtisodiyotni yanada o’stirish, xalq farovonligini yanada oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi vazifalarni hal etishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko’rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar belgilandi.

Farmonga muvofiq 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi tasdiqlanib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturining har bir bandi bo’yicha maqsadlarga erishish samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqishi belgilandi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning joylardagi holatini kompleks o’rganish, korrupsiya ko’rinishlari namoyon bo’lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to’g’risida axborot va ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritib borish funksiyasi yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalar tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining o’rta muddatli istiqboldagi ustuvor yo’nalishlari belgilandi, davlat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab borishi, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o’z vaqtida aniqlanmaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo’l qo’yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo’lishlari belgilandi.

Davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi samarali kurashish natijasida davlat iqtisodiyotiga jiddiy ziyon keltirilishi, halol mehnat bilan kun kechirayotgan kishilarga ma’naviy zarar yetkazilishi, xalq va davlat o’rtasida ishonchsizlikni yuzaga kelishining oldi olinadi.



Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi