Янгиликлар
14
Intellektual mulk ob’ektlari davlat muhofazasida
Bugun viloyat adliya boshqarmasida adliya boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi hamkorligida tadbirkorlar, jumladan xorijiy investorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda, so‘z olganlar intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida aholi va tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda intellektual mulk ob’ektlariga hurmat hissini shakllantirish maqsadida intellektual mulk ob’ektlari, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, mazkur sohada tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyozlar, intellektual mulk ob’ektlari muhofazasi, intellektual mulk ob’ektlaridan qonuniy foydalanishning muhim ahamiyati kontrafakt mahsulotlarning respublikamizning investitsion salohiyati va jozibakorligiga salbiy ta’siri, tadbirkorlar tomonidan o‘z brendlariga ega bo‘lish va undan foydalanishning afzalliklari xususida ham aytib o'tildi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga adliya xodimlari tomonidan to‘laqonli javoblar olishdi.