Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Qashqadaryo viloyati hokimligida o'quv-seminar o'tkazildi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan Qashqadaryo viloyatida o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

Unda viloyat hokimligi, davlat organlari va tashkilot rahbarlari, kadrlar, jamoatchilik bilan aloqalar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari hamda yuridik xizmatlarining rahbarlari, studiyalardan tuman (shahar) hokimliklari, davlat organlari va tashkilot rahbarlari hamda sohaga aloqador mas'ul davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etdilar.

Seminarda ma'ruzachilar davlat fuqarolik xizmati, davlat fuqarolik xizmatchilari, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati hamda xizmat faoliyatidan tashqari holatlardagi odob-axloqi, davlat xizmatchilarini halol, adolatli va kamtar bo'lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi, o'z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiiste'molchilikka yo'l qo'ymaslik, korrupsiya holatlariga murosasiz muunosabatda bo'lish kabi masalalarga alohida to'xtalib o'tdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

O'quv-seminar davlat fuqarolik xizmati sohasini yanada rivojlantirish, davlat xizmatchilarning kasbiy madaniyatini yuksaltirish bilan ahamiyatlidir.