Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya targ'ibot


Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida “Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda adliya, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, davlat ramzlari ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yuzasidan ma’ruzalar qilindi.