Янгиликлар
16
Ochiq muloqot
Joriy yilning 15 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Xasanjon Nasimov, boshqarmaning huquqiy xizmatlar bo‘limi masʼullari hamda Qarshi shahar adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazining xodimlari ishtirokida Qarshi shahar sanʼat maktabida Qarshi shahridagi yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan davlat tashkilotlari, jumladan shahar Xalq taʼlim bo‘limiga qarashli umumtaʼlim maktablar, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari, kadrlar bo‘yicha menejerlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, taʼlim va tarbiya sohasiga tegishli yangi qonunlar, taʼlim muassasalari tomonidan buyruqlar va shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi va shartlari tushuntirib o'tildi.