Янгиликлар
16
Shuhrating porlasin toki bor jahon
1992-yil 10-dekabr - “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.
Davlat madhiyasining muallifi Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov boʻlib, musiqasini Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan.
Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy oʻtmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuygʻular tarannum etilgan.