Янгиликлар
15
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish, o'tkazish va targ'ib qilish faoliyati uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Adliya vazirligi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlari to'g'risidagi qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyoti tahlil qilindi.
Tahlil natijalari quyidagilarni ko'rsatmoqda:
– qimor o'yinilar, xususan, onlayn qimor o'yinlari yoshlar orasida keng ommalashib bormoqda;
– qimor o'yinlarida ko'p miqdordagi pulni yutqazib qo'yib, qarzlarni to'lash uchun jinoyat sodir qilish, o'z joniga qasd qilish holatlari oshib bormoqda;
– 2019-2021 yillarda qimor o'yinlari bo'yicha ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlar soni 2,3 baravarga, jinoyatchilik ko'rsatkichi esa 1,9 baravarga oshgan;
– qimor o'yinlarining ommalashishiga ijtimoiy tarmoqlar va ko'ngilochar platformalardagi reklamalar o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.
Tahlillar natijasiga asosan Adliya vazirligi tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqilib, unda quyidagi masalalar nazarda tutilmoqda:
qimor o'yinlarini targ'ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, tarqatish
va reklama qilish bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravarigacha
(135 mln so'm) ma'muriy jarima, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi;
qimor o'yinlarini o'tkazishga Internet tarmog'i orqali xizmatlar ko'rsatish uchun ma'muriy javobgarlik qo'llanilmasdan to'g'ridan to'g'ri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;
onlayn qimor o'yinlarida ishtirok etgan shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortilib, ulardan bazaviy hisoblash miqdorining
10 baravarigacha (3 mln so'm) miqdorda jarima undiriladi;
Muhim! Amaldagi qonunchilikka ko'ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarda foydalanilgan buyumlar, kompyuter va boshqa yordamchi vositalar, o'yinga tikilgan hamda yutuq bo'lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlar musodara qilinadi.
Qonun loyihasining to'liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: URL: https://regulation.gov.uz/oz/d/71316
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati