Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Jadid tafakkuri


Avval ma'lum qilinganidek, Adliya vazirligi tizimidagi yuridik ta'lim muassasalari talab-o'quvchilari o'rtasida “Jadid tafakkuri” stipendiyasi ta'sis etildi hamda uning saralash bosqichlari o'tkazildi. Bugun Adliya vazirligida ushbu stipendiya tanlovining final bosqichi bo'yicha sinovlar bo'lib o'tmoqda.

Tanlovning final bosqichida saralash bosqichida g'olib bo'lgan 25 nafar talaba-o'quvchi ishtirok etmoqda.

Ular jadid namoyandalarining faoliyati va qarashlariga oid ma'lum mavzuda taqdimot qilish, blis-savollarga javob berib, huquqiy muammolarga qonuniy yechim ko'rsatish (kazuslar yechish) shartlari bo'yicha bellashdilar. Jarayon gibrid shaklda tashkil etilgan bo'lib, jumladan, hududiy adliya organlaridan zum orqali bog'langan holda onlayn hamda  vazirlik binosida oflayn shakllarda amalga oshirilmoqda.

Ishtirokchilarning chiqishlarini jadidshunos olimlar, huquqshunoslar, jamoatchilik faollaridan iborat hakamlar hay'ati baholab boryapdi.