Янгиликлар
15
Rasmiy munosabat
Yakkabog' tuman hokimining 2020 yil 1 apreldagi HQ-638/04-sonli qaroriga asosan fuqaro D.Xudoyberdievning oldindan foydalanib kelayotgan tumanning CHo'mich MFY, CHo'mich ko'chasi hududidagi “Xususiy savdodo'koni va dorixona” binosining egallab turgan 69,08 kv.metr yer maydoni doimiy foydalanish hamda mulkka egalik huquqi berilgan.
Tuman hokimining mazkur qarori quyidagi qonun hujjatlari talabiga zid ekanligi ko'rinadi.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi
PQ-4427-son qarorining 1-bandida 2019 yil 1 oktabrdan boshlab qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilishi belgilangan.
2. Davlat kadastrlari palatasi YAkkabog' tuman filiali tomonidan
2022 yil 14 noyabr kuni taqdim etilgan 3/298-son ma'lumotnomada fuqaro D.Xudoyberdievga tegishli “Xususiy savdo va dorixona” binosining
31,20 kv.metr joyi tuman tibbiyot birlashmasiga tegishli ekanligi ma'lum qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi
PQ- 4055-son qarorining 11-bandida sog'liqni saqlash vazirining roziligisiz davlat sog'liqni saqlash muassasalarining yer uchastkalari va ko'chmas mulklari begonalashtirilishi taqiqlansin, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno deb ta'kidlab o'tilgan.
Yuqorida qayd etib o'tilgan holatlar va to'plangan hujjatlar huquqiy bahoberish uchun Yakkabog' tuman prokuraturasiga yuborildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati