Янгиликлар
11
O'zimiz keldik
Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari viloyatning Qarshi shahar hamda Chiroqchi,Qamashi,Kitob va Qarshi tumanlaridagi mahalla,bozorlar va savdo komplekslarida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
“O`zimiz keldik" shiori ostidagi tadbirlar fuqarolar bilan doimiy muloqotda boʻlish, muammolarini hal qilish, qulayliklar yaratish, qonunchilikdagi yangiliklardan boxabar qilish hamda tezkor, qulay, shaffof davlat xizmatlarini ko`rsatishni qamrab oladi.
Mazkur tadbirlar davomida fuqarolarga 100 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi, 30 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, 70 ga yaqin fuqarolarga qonun-hujjatlari talablari tushuntirildi, huquqiy mslahatlar berildi.