Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

ADLIYA MUDOFAA


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 11-noyabr kuni Qarshi tuman Xonobod qishlog'ida joylashgan harbiy qismda "Jamiyatda erkak va ayollarning teng huquqliligi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolaridan iborat jami 100 nafar shaxslar ishtirok etdi.

Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi va "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish to'g'risida" gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabr kunidagi "Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori haqida tushuntirish berildi.

Harbiy xizmatchilarning oilalari  tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.