Янгиликлар
G'uzor tuman YXKM tomonidan maktablarda navbatdagi targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Joriy yilning 10-noyabr kuni G'uzor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 04 va 06-sonli davlat umumiy o'rta ta'lim maktablarida, maktabning pedagog va ishchi xodimlari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.



Tadbirda yuridik xizmat ko'rsatish xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi PQ-5168-sonli va 2022 yildagi PQ-173-sonli qarorlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.



Shuningdek, tadbirda Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022 yildagi VM-425-sonli qarori, VM-275 sonli qarori, VM-312 sonli qarorlari mazmun-mohiyati to'g'risida amaliyotda bo'lib turgan misollar asosida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir so'ngida pedagog va ishchi xodimlarning o'zlarini qiziqtirgan mehnat, ta'lim va qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan berilgan savollariga yuridik markaz xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.