Янгиликлар
20
Inson insonligi, til bilan shaksiz
Joriy yilning 20-oktyabr kuni adliya boshqarmasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi, Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda “Inson insonligi, til bilan shaksiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Qarshi shaharidagi A.Oripov nomidagi ijod maktabi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kashkadaryo akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan o‘zbek adabiy tili me’yori va qoidalariga amal qilish-ta’lim tizimidan boshlanishi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda “Til – millat faxri” she’riy kompazitsiyasi namoyish etildi.