Янгиликлар
07
Sayyor qabul davomida....
Joriy yilning 7-oktyabr kuni Qarshi tuman adliya bo‘limi va davlat xizmatalari markazi xodimlari tomonidan “Xonyon” MFYda aholi o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 459-son qarori, kam ta’minlangan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar hamda ishsiz fuqarolarga qonunchiligimizda berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 27 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, 3 nafar fuqaroning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi.
Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.