Янгиликлар
06
Adliya hudud
Qashqadaryo viloyati adliya organlari tizimida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha mahallalarda huquqiy profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tuzilmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbirlar mobaynida aholini qiynab kelayotgan muammolar va ularning huquqiy yechimiga alohida to‘xtalib, jinoyatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar tahlil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Yakkabog' tumanining "Cho'mich" Mahalla fuqarolar yig'inida bo‘lib o‘tdi.
Muloqotlar davomida fuqarolarning turli shakldagi murojaatlari tinglandi va ularga qonuniy yechim taklif etildi.Uyma-uy yurish orqali fuqarolarning yashash tarzi, kayfiyati, haqiqiy muammosi bilan tanishish imkoni yaratildi.