Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

60 yildan so'ng fuqaroning tug'ilganlik fakti belgilandi.


G‘uzor tumani Do‘stlik MFY Nafosat ko‘chasi 97-uyda yashovchi fuqaro A.Xushvaqtova 1962-yil 25-may kuni tug‘ilganligi, biroq shu kungacha tug‘ilganlik guvohnomasi olmaganligi sababli tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

Fuqaro marojaatini o‘rganish davomida:.G‘uzor tuman “Do‘stlik” MFY tomonidan 2022 yilning 4 avgust kuni tuzilgan dalolatnomada 1962-yil 25-mayda tug‘ilgan Xushvaqtova Anora Saydaliyevnaning 1998 yildan buyon “Do‘stlik” MFY Nafosat ko‘chasi 97-uyda doimiy yashashligi ko’rsatilgan.

Qashqadaryo viloyat  fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivining 2022-yil 15-iyun kuni bergan  ma’lumotnomasiga ko‘ra, 1962-yil 25-mayda tug‘ilgan fuqaro A.Xushvaqtova tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi Qashqadaryo viloyat FHDY arxivida 1959-1962 yillar tekshirilganda mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

G‘uzor tuman FHDY bo‘limi A.Xushvaqtovaning tug‘ilganlikni muddatini o‘tkazib qayd etish bo‘yicha murojaatiga nisbatan 2022-yil 15-iyun kuni rad qilish xulosasini bergan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risida”gi YO‘RIQNOMAning 49-bandiga ko‘ra, bolaning tug‘ilishini qayd etish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ya’ni tug‘ilganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, hujjatlarda jiddiy tafovutlar mavjud bo‘lganda va boshqa hollarda bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganlik faktini qayd etish sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Bola 16 yoshdan oshgan va tug‘ilishi qayd etilmagan hollarda ham bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganlik faktini qayd etish sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi deb belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 295-moddasining birinchi qismi 3-bandiga asosan sud bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti faktini belgilaydi deb ko‘rsatilgan.

ADLIYA ARALASHGACH fuqaro A.Xushvaqtovaning 1962 yil 25 may kunida G'uzor tumanida tug'ilganli faktini belgilash yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha G'uzor tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilib, Fuqarolik ishlari bo'yicha G'uzor tumanlararo sudining 2022 yil 20 sentabrdagi hal qiluv qarori bilan A.Xushvaqtovaning 1962 yil 25 may kuni tug'ilganlik fakti belgilanib, unga tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi olib berildi.



                                            Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati