Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

FUQARO NOQONUNIY SOLIQDAN OZOD BO'LDI


Qarshi tuman “Batosh” MFY Navbahor ko‘chasi 37-uyda yashovchi fuqaro B.Madiev o'zi yashab kelayotgan uy-joyiga ortiqcha mol-mulk va yer soliqlari hisoblanib kelinayotganligi uchun davlat kadastrlar palatasi tomonidan uy-joyiga bo‘lgan egalik huquqi va foydalanilayotgan yer maydoni mutaxassislar tomonidan o‘rganilib soliq hisoblash bazasiga yangilab ma’lumot kiritilmayotgnligidan norozi bo‘lib amaliy yordam so'rab tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

Fuqaro B.Madievning murojaati yuzasidan Qarshi tuman adliya bo‘limining 2022-yil 10-sentabrdagi 27-16-3/340-sonli talabnomasiga asosan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi tuman filialining o‘rganish natijasiga ko‘ra fuqaroga tegishli uy-joy 2009-yil 10-martdagi 1221-sonli hadya shartnomasiga asosan tegishli bo‘lib, umumiy egallangan yer maydoni 778,86 kv.m. qurilish maydoni 469,73 kv.m. yashash maydoni 147,72 kv.m.ni tashkil etishligi, uy-joyga oid ma’lumotlar filialning “ko‘chmas mulk-3” dasturiga to‘g‘ri kiritilganligi, o‘rganish fuqaroning ishtirokida o‘tkazilib Davlat soliq inspeksiyasi bazasidagi qarzdorliklar ko‘rib chiqilganida soliq qarzdorligi mavjud emаsligi aniqlandi.


Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi