Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Yer egasi noqonuniy soliqdan ozod bo'ldi


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Shahrisabz tumani, Yangi qishloq qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.Karimov tomonidan egaligida bo‘lgan 1 263 metr.kv. yer maydoniga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ – 73-son qarori 13-bandida (2022-yilda soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (tadbirkorlik faoliyatida foydalanadigan yer uchastkalaridan tashqari) summasi 2021-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim) belgilangan soliq summasining 1,3 baravari o‘rniga 2022-yilda 1,8 baravar yer solig‘i hisoblanayotganligidan norozi bo‘lgan murojaat kelib tushadi.

Mazkur murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ – 73-son qarori 13-bandida belgilangan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha viloyat Davlat soliq boshqarmasiga kiritilgan xatlar natijasiz qoldirildi.

Shundan so‘ng, adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro K.Karimovning manfaatida viloyat Davlat soliq boshqarmasiga nisbatan Qarshi tumanlararo Ma’muriy sudiga yuqorida belgilangan imtiyozni qo‘llashni rad etish bog‘liq xatti-harakatini noqonuniy va imtiyozni qo‘llash majburiyatni yuklash bo‘yicha kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirildi.

Adliya aralashuvi bilan, fuqaro K.Karimov tomonidan egaligida bo‘lgan 1 263 metr.kv. yer maydoniga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ – 73-son qarori 13-bandida belgilangan imtiyozlar qo‘llaniladigan bo‘ldi.



Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi,

Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi

bosh maslahatchisi: F.Qurbanov