Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Koson tumani hokimligida "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi


Unda Adliya boshqarmasi,  Prezident huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agenligi viloyat boshqarmasi mas’ullari, hokimlik va tuman tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda ushbu Qonun mohiyati yig‘ilganlarga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, qonun bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar, davlat xizmatchilariga berilayotgan vakolatlar va korrupsiyani oldini olishga qaritilayotgan jiddiy e’tibor xususida to‘liq ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, davlat xizmatchilariga beriladigan malaka darajalari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Yakunda, seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi