Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILA FARZANDIGA NAFAQA TAYINLANDI


“Qoraquchchi” mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi N.Berdieva 2017-yil 20-dekabrda tug‘ilgan farzandi Almardonov Kamolbek Maqsud o‘g‘li tug‘ma nogironligi bo‘lganligini, farzandiga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib, Qarshi tuman adliya bo'limiga amaliy yordam so'rab, murojaat qiladi.

Fuqaro N.Berdievaning мurojaati yuzasidan tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganilib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 248-son qarori talabiga muvofiq xizmat ko‘rsatildi.
Adliya aralashuvi bilan,Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining  Xulosasiga asosan fuqaro N.Berdievaning farzandiga parvarishlash nafaqasi tayinlandi.