Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Viloyatda oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablarini o'rganilmoqda!


Viloyat hokimining  “Viloyatda oilaviy ajralishlarning kelib chiqish sabablarini o'rganish hamda ularni oldini olish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi 
56-4-0-F-/22-son Farmoyishiga asosan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan  Qarshi shahridagi ayrim mahallalarda oilaviy ajrimlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganib chiqildi.

Xususan, ishchi guruh Qarshi shahridagi “Naxshab”, “Istiqlol”, “Mustaqillik” va “Kunchiqar” mahalla fuqarolar yig'inlarida bo'lib, mahallada oilaviy ajrimlarni oldini olish borasida yarashtirish komissiyalarning faoliyati tanqidiy ko'rib chiqilib, bu borada yarashtirish komissiya a'zolariga oilaviy ajrimlarni oldini olish va kamaytirish maqsadida tegishli tavsiyalar berildi. 

Ishchi guruhi xodimlari tomonidan viloyatning boshqa tuman (shahar) larida ham o'rganish ishlarini olib borilishi belgilangan.