Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

"Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonunining targ'iboti davom etmoqda.....


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyat filiali hamkorlikda viloyatda mavjud 40 dan ortiq davlat tashkilotlarining 1000 nafardan ortiq xodimlarini qamrab olgan holda tashkilotlar kesimida O'zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etilmoqda.

Mazkur semenar viloyatning "Uzgeoburguneftgaz" tashkilotining faollar zalida bo'lib o'tdi. Unda 7 davlat tashkilotlarining 200 nafardan ortiq xodimlari shuningdek jurnalist va vlogerlar ham ishtirok etishdi.

Semenar doirasida "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyatini to'liq tushuntirib berishga harakat qilindi. Shu bilan birga xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Semenar yuqori kayfiyatda tashkil etildi..