Янгиликлар
17
Adliya aralashgach 120 nafar kutubxonachining ustama pullari undirib berildi
Yakkabog' tumani adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentabrdagi 490-sonli “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tumandagi 100 ta umumiy-o‘rta ta’lim maktablarida faoliyati o'rganilganda 120 nafar kutubxonachilarning jami 183 354 800 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari to'lanmaganligi aniqlandi. Tekshirishlar jarayonida bo'lim tomonidan kutubxonachilarning ustama pullari undirilishi ta’minlandi. Shundan 34 ta murojaat yuzasidan 67 671 800 so‘m ustama sud tatibida undirildi.