Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Vagon tekshiruvchisining huquqlari tiklandi


“Mirmiron” mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqaro, X.Nazarov “Qarshi vagon deposi” korxonasida 1991-2001-yillarda slesar, 2001-2008-yillarda esa vagon tekshiruvchisi (osmotrshik vagonov) vazifalarida zararli ishlarda ishlaganligi bois imtiyozli pensiyaga chiqishda amaliy yordam so‘rab Qarshi tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

Qarshi tuman budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqaro Nazarov Xasan Ergashevichga nisbatan pensiya tayinlash rad etilib, unda “Qarshi vagon deposi” korxonasida slesar, vagon tekshiruvchisi (osmotrshik vagonov) vazifalarida ishlagan davrlarida shahodat ko‘rigi (attestatsiya)dan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmaganligi sababli imtiyozli pensiya tayinlashni rad etishganligini ma’lum qilingan hamda shahodat ko’rigi (attestatsiya)dan o‘tkazilganlik faktini sud orqali belgilatib kelishligini bildirishgan.

Adliya aralashgach, fuqaro X.Nazarovning “Qarshi vagon deposi” korxonasida 1991-2001-yillarda slesar, 2001-2008-yillarda vagon tekshiruvchisi (osmotrshik vagonov) vazifalarida zararli ishlarda ishlaganlik faktini belgilash bo'yicha Fuqarolik ishlari bo'yicha Qarshi tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.


Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi