Янгиликлар
10
Fuqarolar huquqlari tiklanmoqda
Viloyat adliya boshqarmasiga joriy yilning o‘tgan davri mobaynidan mehnat huquqlari buzilishi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular natijasida sudlarga jami 90 dan ortiq da’vo arizalari kiritilgan.
Xususan, fuqaro D.Xusanov va boshqalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF – 5938-son “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaroning manfaatini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Mazkur da’vo arizalari sud tomonidan ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi va fuqarolar foydasiga turli miqdordagi pul mablag‘lari undirib berish to‘g‘risida hal qiluv qarorlari chiqarildi.