Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Faxriy donorlarga mukofot puli oshiriladi


“Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg'araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–348-son, 09.08.2022-y.) qabul qilindi

Qaror bilan qon bilan ishlash xizmatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilandi.

Aholi orasida beg'araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, qon donorlariga sifatli xizmat ko'rsatish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish shular jumlasidan.

2024-yil 1-yanvargacha qon bilan ishlash xizmati muassasalarida donorlar qonida gemotransmissiv infeksiyalar mavjudligini ikki bosqichli tekshirish (IFA/PZR) amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

2023-yil 1-yanvardan:

“O'zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko'krak nishoni uchun mukofot BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha (1,5 mlndan 4,5 mln so'mgacha) oshiriladi;

shuningdek, mazkur ko'krak nishoni bilan taqdirlanganlarga quyidagi huquqlar beriladi:

▫️ular uchun qulay bo'lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta'tiliga chiqish;
▫️shahar jamoat transportining barcha turlaridan bepul foydalanish;
▫️davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo'llanmalarni navbatsiz olish;

doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari statsionar davolanish jarayonida, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta'minlanadi;

donorlarni bepul ovqat bilan ta'minlash bo'yicha xarajatlarning qiymati respublika bo'yicha bir xil – mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 3 foizi miqdorida belgilanadi.