Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

SHAHRISABZDA TOVAR BELGISIDAN NOQONUNIY FOYDALANISHDI.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan (2022 yil iyul oyi) profilaktik kuzatuv jarayonida "CLIMBER" xizmat ko'rsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holati aniqlandi.
Shahrisabz shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan kiyim-kechak do‘koni peshlavhasida foydalanayotgan “CLIMBER” so‘zi “CUNO TEKSTIL KONFEKSIYON SANAYI VE TECARET LIMITED SIRKETI (ISTAMBUL (TR))”ga tegishli huquqiy muhofazaga ega bo‘lgan “CLIMBER B.C.” so‘z ko‘rinishidagi tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo'yicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi taqdimnomasiga asosan "CLIMBER" so'zi savdo do`koni peshlavhasidan olib tashlanib qonunbuzilish holati bartaraf etildi.