Янгиликлар
Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun huquqiy tushunchalar berilmoqda. August 04, 2022

Ko'kdala tumani adliya bo'limi va BTPJ tuman bo'limi tomonidan "Uymovit" mahalla fuqarolar yig'inida MFYda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi va Referendum o‘tkazishning huquqiy asoslari to‘g‘risida mahalla aholisi bilan uchrashuv o'tkazildi.

Shuningdek, adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan Nazorat-rejasining 8.7-bandiga ko‘ra, mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tushunchalar berildi.
