Янгиликлар
03
“ADLIYA AYOLI” respublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi g'olibi aniqlandi.
Avval xabar berganimizdek "Adliya ayoli" ko'rik tanlovning viloyat bosqichida 5 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan uchta shart asosida g'oliblik uchun o'zaro bahslashishdi.
Ishtirokchilar birinchi shartda huquqiy mavzudagi test sinovidan o'tgan bo'lsa, ikkinchi shartda ish faoliyatida duch keladigan dolzarb masalalarni hal etish borasidagi taklif va malakalarini, uchinchi shartda esa bekalik, pazandalik mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra, Qarshi shahar yuridik markazi bosh yuriskonsulti Turdiyeva Muxayyo Keldiyor qizi g'olib deb topilib, tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini ko'lga kiritdi.
Tanlovning g'olib va sovrindorlari viloyat adliya boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.