Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Targ'ibot tadbirlari



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”dagi 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qarori


mazmun-mohiyati yuzasidan tuman DSI da tushuntirish ishlari olib borildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”dagi 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qarori bilan 2022-yil 1-avgustdan boshlab,

-        mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi;

-        qishloq xoʻjaligi boʻlimi;

-        turizm va madaniy meros boʻlimi;

-        sportni rivojlantirish boʻlimi;

-        oila va xotin-qizlar boʻlimi;

-        davlat soliq inspeksiyasi;

-        aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;

-        davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari;

-        davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;

davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga bosqichma-bosqich yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlanishini bildirib oʻtdi.


Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari va davlat tashkilotlarining qamrovini oshganligini bildirib, Markazlarning qonuniy faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish va toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita taʼsir oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanishini, Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini, Markazlar bilan kelishilmagan holda qabul qilingan yuridik tusdagi hujjatlar yuridik kuchga ega emasligini, hamda ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi aytib o'tildi.