Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

MFY xodimiga maxsus ustama to'lab berildi.


Fuqaro M.Aminova 2020 yil aprel oyidan .2022 yil may oyiga qadar Mirishkor tumanidagi “O’zbekiston” MFYda rais o’rinbosari vazifasida ishlab kelgan. MFY xodimi M.Aminova Mirishkor tuman hokimligi tomonidan har oylik lavozim maoshiga 30 foiz qo‘shimcha maxsus ustama to‘lab berilmayotligi sababli tuman adliya bo’limiga ariza bilan murojaat qiladi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil

18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli farmonining 28-bandida 2020 yil 1 iyuldan boshlab Mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va Budjet tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshiga 30 foiz qo‘shimcha maxsus ustama to‘lash joriy etilishi lozimligi belgilangan.

Mirishkor tuman hokimligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, xodimga 2021 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shimcha maxsus ustama umuman to‘lanmaganligi va 2021 yilning 1 avgust holatiga ushbu to‘lovlardan jami

3 834 394 so‘m miqdorida qarzdorlik mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Adliya aralashuvi bilan Mirishkor tuman hokimligi hisobidan fuqaro M.Aminova ning foydasiga 3 834 394 so‘m ish haqidan qarzdorligini undirish haqida sud buyrug‘i chiqarildi.


Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi