Янгиликлар
01
O'quv_smenar
Joriy yilning 28-iyul kuni Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasinng intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining mutasaddi xodimlari ishtirokidao'quv- smenar tashkil etildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, uning mazmun-mohiyati, shuningdek intellektual mulk ob’ektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazishga doir adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi partali” (Intellektual mulk elektron davlat xizmatlar portali) dan foydalanish tartibi, uning afzalliklari va qulayliklari yuzasidan ko'nikmalar berildi.