Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Dehqonobodda yolg'iz ayol 2 nafar nogiron farzandi uchun nafaqa oladigan bo'ldi


Bizga ma'lumki, nogironligi bo'lgan shaxslarning oila - a'zolarini qo'lalab-quvvatlash maqsadida  O'zbeksiton Respublikasi Prezidentining      74-son Farmoni talabida ko'rsatilgan oilasida 18 yoshga to'lmagan nogironligi bor bo'lgan bolalarning vakillariga 500 ming so'mdan pul mablag'lari  berilishi tartibi bo'yicha farmon  tuman adliya bo'limlari tomonidan joylarda targ'ibot qilinayotgan edi. 

Tuman markazidan 60 km uzoqlikda bo'lgan Boyqo'rgon qishlog'ida yashovchi yolg'iz ayol X. Jalilova ham bu yangilikni qo'shnilaridan eshitib, Dehqonobod tumani adliya bo'limiga murojaat qiladi.

 Fuqaro murojaati qabul qilinib, uning qaromog'ida bo'lgan 2 nafar tug'ma nogironligi bo'lgan 2013 yilda tug'ilgan o'g'li Xamzaev  Alijon va 2014 yilda tug'ilgan o'g'li Xamzaev Raxmatxonlarning nogironligi   aniqlandi va ushbu fuqaro X.Jalilovaning talablari qanoatlantirilib tuman Davlat xizmatlari markazida  ro'yxatga olindi va  tegishli    tibbiy  komissiyadan o'tkazildi.

Fuqaroga nogironlikka nisbatan beriladigan 500 ming so'mlik nafaqa pullarini olish bo'yicha xulosasi  Davlat xizmatlari markazi  xodimlari tomonidan sayyor tarzda  xonadoniga yetkazib berildi va Aksiya doirasida fuqaroning murojaatlari qanoatlantirilishiga erishildi.