Янгиликлар
Reklama huquqi nima?
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi ,O'zbekiston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy tuzilmasi hamda Qashqadaryo viloyat hokimligi bilan hamkorlikda reklama va marketing sohasida faoliyat ko'rsatuvchi tashkilotlar, bosma va internet nashrlar, ijtimoy tarmoqlar va telegramm messenjerida tashkil qilingan guruh va kanallar adminlari ishtirokida o'quv-seminar o'tkazildi.

Seminar davomida reklamani aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shu jumladan iste'molchilarni noto'g'ri reklamadan himoya qilish, reklama bozori ishtirokchilariga uchun qulay shart-sharoitlar yaratish to'g'risida keng tushuncha berildi.

Ayniqsa mazkur Qonunda keltirib o'tilgan reklamani tarqatish tili, reklama sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarning vakolatlari, reklama faoliyati subyektlarining huquqlari va majburiyatlar, televidenie, radio, bosma nashrlar, tashqi va ichki reklama orqali reklamani joylashtirish masalalari bo'yicha alohida to'xtalib o'tildi.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi