Янгиликлар
28
MATBUOT ANJUMANI
Viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 oy davomida 5 595 murojaatlar ijobiy hal etildi.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida joriy yilning 6 oylik yakuniga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'ib o'tdi.
.png)
Matbuot anjumanida taʼkidlandiki, 2022-yilning 6 oyi davomida viloyat Adliya boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 6 178 ta murojaatning 5 595 tasi hal etilib, shundan 3 860 tasi yoki 62,5 foizi qanoatlantirildi, 1 735 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 379 ta murojaatning 344 tasi hal etilib, shundan 148 tasi yoki 43 foizi qanoatlantirildi, 196 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 144 ta oʻrganish va 872 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 2900 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 60 779 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Anjumanda shuningdek, FHDY harakatlari amalga oshirilishi natijasida 1 mlrd.795 mln. so'mlik davlat boji, 1 mlrd. 253 mln. so'mlik gerb yig'imi hamda 1 mlrd 219 mln. so'mlik pullik xizmat to'lovlari undirildi.
Shuningdek, hisobot davrida, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 451 827 ta davlat xizmatlari ko'rsatildi. Matbuot anjumanida Qonunchilikdagi yangiliklar hususida hamda koʻrsatishda yoʻl qoʻyilayotgan qonunbuzilish holatlari, talab yuqori bo‘lgan xizmatlar, joriy etilayotgan yangi xizmatlar va boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.
Jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mas'ul xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.