Янгиликлар
27
Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo'shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.
Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo'yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;
shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko'ra DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YIDXPning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.